Portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash Xitoy Superligasi vakili "Shanxay SIPG" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
U Sven-Yoran Eriksson o‘rniga bosh murabbiy sifatida taklif qilindi. Eriksson uch yil davomida jamoani boshqarganiga qaramay, chempionlik unvonini qo‘lga kirita olmadi. Natijada, rahbariyat uni iste'foga chiqargan edi.
Endilikda Villash-Boash "Shanxay SIPG" jamoasida hujumchi Xalk bilan birga ish yuritadi. Ular avval "Zenit"da birga ishlashgan.















