Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat prezidentining sobiq yordamçisi Çjon Xo Sonni hibsga oldi. Yonhap agentligi xabariga köra, u sönggi haftada mamlakatni qamrab olgan şov-şuvli mojarodagi figuralardan biri hisoblanadi.

«Çxon Xo Son ötgan tunda maxfiy hujjatlarni Çxve Sun Silga berganlikda gumon qilinib hibsga olindi», — deyilgan xabarda.

Hozirça uşbu holat yuzasidan prokuratura rasman izoh bermagan.

3 noyabr oqşomida Seul okrug sudi mamlakat prezidenti Pak Kin Xening dugonasi, yirik korruptsion janjalga aralaşib qolgan Çxve Sun Silni hibsga oliş uçun ruxsatnoma berdi.

U öz ta'siridan foydalangan holda mamlakatdagi yirik korporatsiyalarni öz fondlari (Mir va K-Sports) uçun yirik miqdorlarda xayriya mablağlari ajratişga undagan.

Bir qator naşrlarning bildirişiça, bu tizim orqali 53ta kompaniyadan 80 milliard von (72 mln dollar) undirilgan. Ularning aksar qismini Çxve Sun Sil öziga xorijdan köçmas mulk sotib oliş hamda qizining ta'lim olişi uçun sarflagan.

Mamlakat prezidenti özining 40 yillik dugonasiga davlat işlariga aralaşişi uçun ruxsat berganlikda gumon qilinmoqda. Pak Kin Xe unga muhim va maxfiy hujjatlarni bergan, jumladan özi öqiydigan nutqlar matnini tahrirlaş uçun ham. 

Prezident özi aralişib qolgan siyosiy mojaro uçun uzr söradi va bu iş böyiça tekşiruvlarda prokurorlar bilan hamkorlik qilib, körsatma berişga tayyorligini aytdi.