5-6 noyabr kunlari Yevropada milliy chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.
Bundesliga. "Bavariya" - "Xoffenxaym" (Shanba, 5 noyabr, Match! Futbol 3, 19:30)

Germaniya Bundesligasining 10-turida amaldagi chempion "Bavariya" o‘z maydonida "Xoffenxaym"ga qarshi maydonga tushadi. Karlo Anchelotti jamoasi uchun joriy mavsumda chempionat bahslari qiyin kechmoqda. Bundesligada ham qolgan jamoalar saviyalarini oshirib borishib, myunxenliklarning har doimo yutishlari uchun imkoniyat bermayapti. "Xoffenxaym" bu yilgi chempionatni biroz yaxshi boshladi. Bir necha yillar oldin ko‘rsatgan qahramonliklarini takrorlashni rejalashtirgan bo‘lsa ajabmas.
APL. "Chelsi" - "Everton" (Shanba, 5 noyabr, Match! Futbol 1, 22:30)

APLning bugungi o‘yinlari orasida markaziy bahs "Chelsi" va "Everton" o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda bu jamoalar chempionat turnir jadvalida bir-biriga juda yaqin turishibdi. E'tiborlisi, "Chelsi" APLning oxirgi 4ta o‘yinidan beri o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmayapti. "Everton" esa raqiblarini yengib, ko‘tarilishda davom etmoqda. Bugun,
Romelu Lukaku "Chelsi"ning "quruq" seriyasiga barham bera olarmikan?
A seriya. "Napoli" - "Latsio" (Shanba, 5 noyabr, Match TV, 00:45)

Italiya A seriyasining 12-turida "Napoli" o‘z maydonida "Latsio"ga qarshi maydonga tushadi. O‘tgan yilda bu jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvlarida har ikkisida ham "Napoli"ning qo‘li baland kelgan edi. Umumiy olib qaralsa, ular shu kunga qadar 122ta uchrashuvda o‘zaro to‘qnash kelishgan. Shundan 44tasida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 36 bahsda "Latsio"ning qo‘li balan kelgan. O‘tgan mavsumda "Napoli"da Gonsalo Higuain ajoyib o‘yinlari orqali "Latsio" himoyasiga halaqit qilgandi. Bu safargi to‘qnashuv qay tariqa kechishini yaqin vaqt ichida bilib olamiz.
APL. "Arsenal" - "Tottenhem" (Yakshanba, 6 noyabr, Match! Futbol 1, 17:00)

















