Dehli havosidagi tutun 1700dan ortiq maktab yopilishiga sabab bo‘ldi
Hindiston poytaxtidagi 1700dan ortiq munitsipal maktablar shanba kuni faoliyat ko‘rsatmadi, deya xabar qilmoqda mahalliy OAV.
Shahar havosidagi tutunning me'yordan o‘ta ortiqligi sabab qabul qilingan qarorga ko‘ra yopilgan 1747ta maktabda 900 ming o‘quvchi ta'lim olishi aytilmoqda. Umuman, shu paytgacha maktablar noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, ta'lim jarayonini davom ettirish borasida mustaqil qaror qabul qilib kelayotgan edi.
Maktablar dushanba kuni darslarni boshlaydi. Biroq, har bir ta'lim muassasasi vaziyatdan kelib chiqqan holda boshqacha qaror chiqarishi mumkin. Ayrim maktablarda sport mashg‘ulotlari va ochiq havoda har qanday marosim o‘tkazish taqiqlangan.
So‘nggi kunlarda Dehli havosi “o‘ta xavfli”, deb baholanmoqda. Bunga, 29-30 oktabrdagi hindular bayrami Divali munosabati bilan petardalar portlatilgani, feyyerverk va portlagichlar otilgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
01:52
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024
4 yashar hindistonlik FIDE reytingiga kirgan eng yosh shaxmatchi bo‘ldi
09:40 / 02.11.2024