Şvetsiya hukumati AQŞ bilan Stokgolmning Arlanda aeroportida Amerika birlamçi çegara nazoratini taşkil etiş böyiça kelişuvni imzoladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Xabarlarga köra, şartnoma kuçga kirgaç, AQŞ çegara nazorati AQŞga parvoz qiluvçi samolyotlarga kirişdan avval amalga oşiriladi. Çegarani kesib ötiş böyiça barça rasmiy jarayonlar Amerika xizmatlari tomonidan amalga oşiriladi. Odatda, xorijdan Qöşma Ştatlarga kelgan yölovçilarni nazorat qiluvçi organlar xodimlari ayni vazifani çet el aeroportida bajarişadi.
Bitimni imzolaş marosimi 4 noyabrda AQŞning Şvetsiyadagi elçixonasida bölib ötgan.
«Bu şartnoma Arlandadan AQŞga parvoz qilayotgan köplab yölovçilarning safarini yengillaştiradi», — degan Şvetsiya hukumat devoni vakillari.
Hozirda, bu kabi Amerika çegarasini kesib ötiş nazorat punktlari Kanada, Aruba, Bermud orollari, Bahama, Irlandiya va Abu-Dabi aeroportlarida bor.

















