Siz heç qaçon biz iste’mol qiladigan tuxumning sariği rangi qanday bölişi kerakligi haqida öylab körganmisiz? Aniqlanişiça, bu juda katta ahamiyatga ega ekan. 

Quyida halol fermerlar tomonidan tekşirib körilgan muhim va foydali ma’lumot keltirilgan.

100 yil avvalroq olimlar tuxumning sariq rangi kartinoidlar miqdori bilan belgilanişini aniqlaganlar. Kartinoidlar A vitamini hosil bölişiga yordam beruvçi va suyaklar holatini yaxşilovçi antioksidantlardir. Tuxum sariği rangi qançalik töq bölsa, unda inson uçun foydali moddalar şunçalik köp böladi.

Tuxum sariğining rangi bevosita tovuqlarning oziqlanişiga boğliq böladi. Agar bu ozuqa turli-tuman bölmasa va faqatgina buğdoyga asoslangan bölsa, unda tuxum sariği oç sariq rangda böladi. Agar tovuqlarning ozuqasi öz içiga makkajöxori, ösimliklar va haşarotlarni olsa, unda tuxum sariğining rangi töq sariq böladi. Fermerlar va yirik fabrikalarda hattoki tuxum sifatini aniqlaş uçun sariq-zarğaldoq ranglarning 15 xil tusidan iborat maxsus şkala mavjud. 

© modernfarmer.com   
 

Umuman olganda, yorqin zarğaldoq rangdagi tuxum sariğini iste’mol qilgan ma’qulroq, çunki ularda organizm uçun maksimal miqdorda foydali moddalar mavjud böladi.

© mejorconsalud.com   

Ba’zida tuxum sariğining oç rangda bölişi mavsumga ham boğliq böladi. Şunga köra uning rangi qişda tovuqlar ozuqasi unça turfa bölmagani sabab oçroq böladi. Biroq köp holatlarda tuxum sariğining oçligi uning sifati pastligi va tovuqning puturi ketganidan darak beradi. Bunday tuxumlar sizga yetarliça foydali moddalar bera olmaydi. 

Şuning uçun tuxumlarni işonçli manbalardan sotib oliş tavsiya qilinadi.