O‘zbekiston | 18:29 / 05.11.2016
10046
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov andijonlik saylovchilar bilan uchrashdi

Foto: adolat.uz

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 5 noyabr kuni Bo‘z tumani hokimiyati majlislar zalida Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Viloyatning barcha tuman va shaharlari saylovchilari bilan videokonferensiya orqali muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda jami 3000 nafarga yaqin talaba-yoshlar, jamoat tashkilotlari vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari, mahalliy Kengashlar deputatlari, partiyaning viloyat, tuman va shahar kengashlari a'zolari qatnashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi raisi P.Asxanov olib bordi. Prezidentlikka nomzod N.Umarovning ishonchli vakili O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi A.Nazarov yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning tarjimai holi haqida batafsil ma'lumot berdi.

Tadbirda Narimon Umarov nutq so‘zlab, Andijonning har bir hududi o‘ziga xosligi bilan ajralib turishini, jumladan, bugun avtomobil sanoatida maktab yaratgan asakaliklar, yengil sanoatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan birga eksport maydoni kengayib borayotgan Xo‘jaobod tumani, tadbirkorlikda barchaga o‘rnak bo‘layotgan viloyat markazi hamda chegaradosh Andijon va Shahrixon tumanlari haqida butun respublika yaxshi bilishini e'tirof etdi.

Bugun Andijonning tashabbuskor xalqi zamon bilan hamnafas yashab, resublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda oldingi saflarida borayotganligi haqida Prezidentlikka nomzod tomonidan bildirilgan iliq fikrlarni andijonlik saylovchilar ko‘tarinki kayfiyatda qabul qilishdi.

Narimon Umarov uchrashuv ishtirokchilariga o‘z Saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlarini ma'lum qildi. Xususan, nomzod demokratik ijtimoiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, qonun ustuvorligiga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahamlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilishdek ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, yangi avlod kadrlarini tayyorlash, milliy manfaatlar ustuvor bo‘lgan tinchliksevar, progressiv tashqi siyosatni olib borishga doir masalalarda o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Nomzod saylovchilar e'tiborini Andijon viloyati respublikamizning maydoni eng kichik va aholi zich yashaydigan hududi ekanligiga qaratar ekan, viloyatda bugungi kunda 2,9 milliondan ortiq kishi istiqomat qilayotgani hamda shunday sharoitda tabiiyki, viloyat aholisining uy-joyga bo‘lgan talab va ehtiyojlari juda yuqoriligi haqida to‘xtaldi.

saylovchilar bilan uchrashuvPrezidentlikka nomzod N.Umarov mamlakatimiz aholisi soni ko‘payib, ularning turmush sifati va darajasi yuksalib borayotganidan kelib chiqib, fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan talabini qondirishning maqbul yo‘llarini taklif etdi. Ya'ni, uy-joy sotib olish va qurish uchun ajratilayotgan ipoteka kreditlash jarayonini takomillashtirish va foizlarini optimallashtirish, uy-joy bozoridagi firibgarliklar uchun javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish, uy-joy-kommunal kompleksi ishini yanada yaxshilash, aholi uchun belgilanayotgan kommunal to‘lovlar miqdorini doimiy nazoratda tutish, bu sohalarda aholiga xizmat ko‘rsatadigan muqobil tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatni oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni amalga oshirish ustuvor maqsadlaridan biri ekanligini ma'lum qildi. Nomzodning ushbu takliflari saylovchilar tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi.

Ochiq va jonli muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar Prezidentlikka nomzodga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarni bildirishdi.

saylovchilar bilan uchrashuvAndijon viloyat xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Z.Komilova, Asaka tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinika shifokori A. Sultonov, “ASR Farovonlik sari” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari B.Komilov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Asaka tuman kengashi raisiM.Karimova va boshqalar Narimon Umarovning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdilar hamda saylovchilarni 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etishga va O‘zbekiston “Adolat” SDPdan ko‘rsatilgan nomzodga ovoz berishga chaqirdilar.

Mavzuga oid