Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik deputatlar kiberxavfsizlikka oid yangi qonunni qabul qilishdi
Foto: Thinkstock
Xitoy parlamenti kiberxavfsizlikka doir yangi qonun loyihasini ma'qulladi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Ta'kidlanishicha, hujjat Butunxitoy xalq vakillari doimiy qo‘mitasining sessiyasida muhokama etilgan. Sinxua agentligiga ko‘ra, bu qonun huquq-tartibot idoralariga Xitoy axborot infratuzilmalarida qo‘poruvchilik qilishda gumon qilingan xorijiy shaxs va tashkilotlarning hisob raqamlarini muzlatib qo‘yishga imkon beradi.
Bundan tashqari, qonun Xitoyning mahalliy IT-sohasini himoya qilishga qaratilgan. G‘arb OAV fikricha, bu hujjat, o‘z navbatida, xitoyliklarning xorij mahsulotlarini xarid qilish xohishini yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Oktyabr oyi boshlarida XXR raisi Si Tszinpin Xitoyning o‘z internet tizimlarini barpo etishni tezlatish zarurligi haqida gapirgan edi.
Mavzuga oid
19:12 / 05.04.2026
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
15:56 / 25.03.2026
Qirg‘izistonda yo‘lda janjallashganlardan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin
12:21 / 18.03.2026