Şu yilning 7-9 noyabr kunlari “Özbekturizm” milliy kompaniyasi va “Özbekiston havo yöllari” MAK hamda mamlakatning turizm sohasida faoliyat yurituvçi biznes jamoasi delegatsiyasi «World Travel Market – 2016» xalqaro körgazmasida iştirok etadi. U Buyuk Britaniyaning London şahrida taşkil etiladi.
“Özbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmatining xabar qilişiça, Özbekistonning yagona milliy burçagida turizm sohasidagi xalqaro professionallar uçun respublika sayyohlik salohiyati namoyiş etiladi.
«WTM» – bu jahon sayyohlik va mehmondöstlik sohasidagi yirik halqaro voqelik hisoblanadi. Unda dunyoning deyarli barça mamlakatlaridan kelgan 5 mingga yaqin kompaniya iştirok etadi.
Özbekiston «World Travel Market» körgazmasida 2009 yildan iştirok etib keladi. Anjumanda 10 mingdan ortiq professional xaridorga Özbekistonning eng yaxşi turistik mahsulotlari va savdo belgilarini taqdim etiş imkoniyati mavjud.
Körgazma yakunlangaç, Özbekiston Respublikasining Londondagi elçixonasi binosida Buyuk Britaniya turizm biznesi va OAV vakillari uçun aqdimot marosimi taşkil etiladi. Şuningdek, ikki mamlakat turoperatorlari örtasida «V2V» şaklida uçraşuvlar taşkil etiladi. Marosimda qatnaşgan mehmonlar özbek milliy taomlaridan tatib köriş imkoniyatiga ega böladilar.

















