Xitoyning LeEco kompaniyasi rahbari Tszya Yuiting zamonaviy texnologiyaning barça sohalarida (smartfonlardan elektrokarlargaça) olğa ildamlaş uçun naqd pullar yetişmovçiligi haqida ma'lum qildi. Bu haqida Bloomberg Technology xabar berdi.
Xodimlariga bitilgan uzun maktubda Tszya Yuiting aksionerlar oldida uzr söragan va öz daromadlarini qisqartiriş hamda kompaniyani nisbatan me'yoriy ösişga ötkazişga va'da bergan.
"Heç bir kompaniyaning bizdagi kabi tajribasi bölmagan: hozir bir vaqtning özida ham muz, ham olov davri. Biz kör-körona oldinga qarab intilyapmiz. Biz global strategiyamiz iş berişiga haddan taşqari işonamiz. Şu bilan birga bizning kapitalimiz va resurslarimiz deyarli çeklangan".
Tszya Yuiting, LeEco direktorlar kengaşi rahbari
Tszya dastur xarajatlarini qisqartirişga doir çora-tadbirlar, mijozlar uçun subsidiyalarni kamaytiriş va yangi emas, mavjud korxonalarga diqqatni qaratişga alohida töxtaldi.
Fond bozori bunga hozirça LeEco aksiyalarining rekord darajada qulaşi bilan javob qaytardi.
LeEco sönggi oylar davomida köplab bozorlarda faol reklama kampaniyasini olib bordi. Bu vaqt içida u dastlab Rossiyada özining oflayn-dökoni oçilişi haqida e'lon qildi va 15 oktabrda mazkur ğoyani haqiqatga aylantirdi. Şuningdek kompaniya rahbari Rossiya (ivi) va Ukraina (Megogo) videoservislarini xarid qiliş rejasi haqida sözlab berdi.

















