Fan-texnika | 16:09 / 08.11.2016
5521
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi AQSh nashrlaridan reklama joylari xarid qilmoqda

Foto: Flickr

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi Amerikaning yirik matbuot nashrlarda reklama qilish uchun sahifalarni xarid qildi, deb xabar qilmoqda «Yonxap» agentligi. Kompaniya Galaxy Note 7 smartfoni uchun kechirim so‘rash maqsadida shunday choralarga qo‘l urmoqda.

«Bizning vazifamiz – xavfsiz va sifatli mahsulotni birga taqdim qilishdir. Biz yaqinda bu va'damizni bajara olmadik. Shu boisdan ham biz samimiy kechirim so‘raymiz», – deyiladi The Washington Post, The New York Times va The Wall Street Journal nashrlarida Samsung Electronics North America rahbari Gregori Li imzosi bilan chop etilgan uzrnomada. 

Lining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Galaxy Note 7 smartfonining har bir jihatini o‘rganib chiqadi. «Biz imkon darajasida tez harakat qilamiz», – deya qayd etgan Li, buning uchun vaqt zarurligini e'tirof etgan. 

Bundan tashqari, xabarda 2,8 mln dona Samsung kir yuvish mashinalarining qaytarib olinishi ham yodga olingan.

«Xavfsizlik bizning asosiy maqsadimizdir», – degan Li. Uning so‘zlariga ko‘ra, Samsung iste'molchilarning fikrlarini tinglaydi, xatosidan xulosa chiqaradi va xaridorlar ishonchini qaytarishga omil bo‘luvchi choralarni ko‘radi. 

Mavzuga oid