Perulik şamanlar amerikalik saylovçilarga yordam körsatiş maqsadida Limadagi plyajda töplanişdi va çildirmalar hamda qöllaridagi tumorlar bilan AQŞ prezidentlari portretlari qarşisida öz ibodatlarini amalga oşirişdi. Bu haqda Newshub xabar bermoqda.
Şamanlardan birining sözlariga köra, saylovda Hillari Klinton ğalaba qozonadi.
Internetda joylaştirilgan videorolikda Hillari Klinton va uning raqibi Donald Tramp portreti bilan bir qatorda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda uning venesuelalik va kolumbiyalik hamkasblari — Nikolas Maduro hamda Xuan Manuel Santosning suratlari turganiga guvoh böliş mumkin. Ular bu marosimda qanday ahamiyat kasb etişlariga oydinlik kiritilmagan.















