Donald Trampning prezidentlik saylovlaridagi ğalabasi AQŞning boşqa mamlakatlar bilan munosabatlarida yangi davrga start beradi. Trampning maslahatçisi Karter Peyj ana şunday bayonot bilan çiqdi. Dastlabki natijalarga köra, Tramp AQŞ prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonişga muvaffaq böldi.
"Bu yangi davr, AQŞ boşqa mamlakatlar bilan munosabatlarini ijobiy tomonga özgartiradi", - dedi Peyj RIA "Novosti"ga bergan xabarida.
AQŞ prezidentlik saylovlari 8 noyabrda ikki bosqiçli tizimga asosan ötkazildi. Kongress 2017 yilning 6 yanvarida ovoz beriş natijalarini rasman tasdiqlaydi. Yangi saylangan prezident 20 yanvardagi inaguratsiyada öz lavozimiga kirişadi.

















