Yaponiyada 11 noyabrda qatl hukmi ijro etildi, deb xabar bermoqda NHK telekompaniyasi.
Ken'iti Tadziri ismli sudlanuvçi öğirlikni amalga oşiriş maqsadida 2 odamni öldirgani uçun ölim jazosiga mahkum qilingan bölgan. Bu qatl Sindzo Abe 2012 yilda mamlakat boş vaziri lavozimiga kirişgaç, ijro etilgan 10-qatl böldi. Hammasi bölib 4 yil içida 17 kişi qatl etilgan.
Hozirda Yaponiyada 130 ga yaqin mahbus ölim jazosini kutmoqda. Odatga köra, qatl hukmlari darhol ijro etilmay, sud hukmidan bir neça yil ötib amalga oşiriladi.
Xalqaro huquqni himoya qiliş taşkilotlari bu jazo ğayriinsoniyligini aytib, Yaponiyani uni bekor qilişga çaqirmoqda. Mahbus qatl etilişini yillab kutişi mumkin, biroq uning ijro etilişini u ijro etiladigan kun ertalabgina biladi. Yaponiyada ölim jazosi osiş orqali ijro etiladi. Jamoatçilik fikri sörovnomalariga köra, mamlakatning aksariyat qismi, ya'ni 85 foizi ölim jazosini qöllab-quvvatlaydi.

















