Germaniyaning Xalqaro hamkorlik böyiça agentligi (GIZ) va Özbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasi «Özbekistonning qişloq joylarida suv zaxiralarini samarali boşqariş» dasturi doirasida hamkorlik qiladi. Bu loyiha YeI tomonidan moliyalaştiriladi, deb xabar qilmoqda UzDaily.uz sayti. 

GIZ Özbekistonning qişloq joylarida suv zaxiralarini samarali boşqariş» dasturi doirasida «Suv xöjaliklari boşqaruvi va suv zaxiralarini integratsiyalaşgan boşqariş böyiça milliy konsepsiyasi»ning birinçi qismini amalga oşirişda iştirok etmoqda. U 2016-2019 yillarda YeI moliyaviy kömagida ijro etiladi. 

Dasturning uşbu tarkibiy qismi suv zaxiralarini boşqariş böyiça milliy konsepsiyani huquqiy, institutsiyaviy, taşkiliy va moliyaviy mexanizmlarini, şuningdek boşqaruv instrumentlarini yanada takomillaştiriş va ularni xalqaro me'yorlarga moslaştirişni nazarda tutadi. 

Özbekiston qişloq va suv xöjaligi vazirligi dastur ijrosi böyiça boş hamkor hisoblanadi. Dastur tarkibiy qismining asosiy jihati Özbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida tahsil olayotgan soha mutaxassislariga berilayotgan ilmiy salohiyatni rivojlantirişdir. 

Şunga köra, GIZ agentligining Özbekistondagi idorasi va Davlat boşqaruvi akademiyasi özaro anglaşuv memorandumini imzolaşgan. 

Uşbu memorandum axborot almaşinuvi, ilğor tajriba va suv zaxiralarini boşqariş hamda tomonlarning boşqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi bölğusi hamkorligiga poydevor bölib xizmat qiladi.