Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ma'lum qildiki, AQŞ prezidentligiga saylangan Donald Tramp bilan soliştirganida özi zarra kabidir. Bu haqda Sun Star xabar qilgan.

«Men bu sayyorada bir molekula qatoriman. Tramp esa dunyodagi eng kuçli davlat prezidenti», — degan u.

Duterte özini milliarder respublikaçi bilan soliştirişga uriniş muvaffaqiyatsiz çiqqanini qöşimça qilgan.

«Men bir-birimizga öxşaymiz degan fikrdan yiroqman. Bizning umumiy jihatimiz – xalqqa xizmat qilişdir», — deya qayd etgan filippinliklar prezidenti.

Duterte Trampni saylovdagi ğalaba bilan tabriklagan va kelgusida Qöşma ştatlar bilan ziddiyatga kirişiş niyatida emasligini bildirgan. Şu bilan birgalikda u amerikalik harbiylarni Filippindan çiqarib yuboriş niyatidan qaytmasligini ta'kidlagan.

Bir kun oldin Duterte Donald Tramp öziga öxşaşini aytgandi.