Real Solutions kompaniyasi ilgarigi böyaladigan zerikarli va oddiy kitoblar örniga endi nafaqat böyaş, balki boşqariş, öqiş, öynaş, örganiş hamda tomoşa qiliş mumkin bölgan zamonaviy 3D kitoblarini taqdim etdi.
Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan «Malika va uning döstlari», «Ritsarlar afsonasi», «Ajoyib 3D avtomobillari», «Dinozavrlar sirlari», «Şolğom», «Tovuqvoy», «Hayratlanarli dengiz jonzotlari», «Suvosti dunyosi sirlari», «Xalq ertaklari» hamda «Böğirsoq» haqidagi 3D kitoblari jahon innovatsion texnologiyasining yangi va zamonaviy körinişda ekanligi ma'lum qilindi.

Şu bilan birga bolajonlar kitobni böyab, qiziq ma'lumotlarga ega böliş barobarida, uşbu ma'lumotlarni 3D, ya'ni jonli ravişda kuzatişga muvaffaq böladi. Bundan taşqari, kelajakda yaratilişi mumkin bölgan yangi innovatsion texnologiyalarni heç bir qiyinçiliksiz boşqarişni örganadi, öz zehnini çarxlaydi.
Kompaniyadagilarning ma'lum qilişiça, bu kitoblar orqali bolajonlar qahramonlarni harakatlantirib, ular bilan jonli muloqotda böladi, smartfon yoki planşetdan unumli foydalanişni örganadi hamda kitob içidagi ertakni özi boşqarib, özi tomoşa qiladi.

















