"Arab bahori" Yaqin Şarq davlatlari iqtisodiyotiga 614 mlrd dollarga tuşdi, deb xabar bermoqda BMTning Ğarbiy Osiyo böyiça iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hisobotiga iqtibos keltirgan holda RT telekanali. Bu qiymat ixtilofgaça prognoz qilingan yalpi içki mahsulotning 6 foiziga tengdir. 

Hisob-kitoblar Yaqin Şarq davlatlari böyiça bu mintaqada ğalayonlar boşlanişigaça berilgan iqtisodiy prognozlar asosida ötkazildi. Hujjatda ta'kidlanişiça, ixtilofning 6-yiliga kelib birgina Suriyaning körgan ziyoni 265 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. 

Mutaxassislarning fikriça, hozirda kuzatilayotgan neft narxining tuşişi Yaqin Şarq davlatlari iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir qiladi, biroq mintaqa hamon xalqaro hamjamiyatning kuçli kömagiga muhtoj.