Seul meriyasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xega qarşi namoyişga 1,26 mln kişi çiqqanini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.
Politsiya norozilik namoyişlarida 260 ming kişi, uning taşkilotçilari esa 1 mln kişi iştirok etganini ma'lum qilgan. Meriya ma'lumotlari esa markaziy tumandagi metrodan foydalangan namoyişçilar hisob-kitobiga asoslangan.
Namoyiş davomida politsiya bilan kiçik töqnaşuvlar yuz bergan, 56 nafar namoyişçi va 4 nafar politsiyaçi jarohat olgan. Namoyiş tonggi soat 5.00 ga yaqin tarqatilgan, 23 kişi hibsga olingan.
Namoyişlarga prezidentning dugonasi Tsoy Sun Sil aralaşib qolgan mojaro sabab bölgan. Hozirda Tsoy hibsga olingan, unga ayblov 19 noyabrda e'lon qilinadi. Prkurorlar prezidentning özini 15 yoki 16 noyabrda eşitişmoqçi.
Tergov idoralarining fikriça, Tsoy Sun Sil özining prezidentga ta'siridan foydalanib, yirik kompaniyalardan pul undirgan va ulardan şaxsiy maqsadlarida foydalangan. Gap 52 ta kompaniya va korporatsiyalardan Tsoy tomonidan yaratilgan notijorat jamğarmalari foydasiga yiğib olingan 77,4 mlrd von (70 mln dollar) haqida ketmoqda. 7 ta yirik korporatsiya rahbariga prezidentning şaxsan özi bosim ötkazgani haqida ma'lumotlar ham bor.
Bundan taşqari, Janubiy Koreya OAV prezident 2018 yilgi Pxyonçxan qişki Olimpiadasi taşkiliy qömitasi raisi lavozimini egallagan Hanjin Group rahbaridan qurilişga buyurtmani Tsoy yaqin aloqada bölgan şveysar firmasiga berişni söraganlikda gumonlanayotganini ma'lum qildi. Hanjin Group rahbari bu iltimosni bajarmaganda, prezident uning iste'foga ketişini talab qilgan.
Janubiy Koreya prezidenti atrofida yuzaga kelgan siyosiy mojaro OAV prezident dugonasiga öz nutqlarini tahrir qilişga bergani haqida ma'lum qilgandan keyin avj olib ketgan.

















