Jahon | 15:41 / 16.11.2016
5050
1 daqiqa o‘qiladi

Advokat: Navalniy saylovlarda nomzodini ilgari surishi mumkin

Muxolifatchi Aleksey Navalniy advokati Olga Mixaylovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Oliy sudining qaroridan so‘ng, muxolif siyosatchi hokimiyatning yuqori lavozimlariga o‘z nomzodini ilgari surishi mumkin. Bu haqda, huquq himoyachisi so‘zlariga asosllangan holda «Gazeta.Ru» xabar qilmoqda.

«Rasman hukm bekor qilindi, shu bois, ayni vaqtda bunga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy asos yo‘q», — degan Mixaylova. 

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Iv Roshe bilan bog‘liq ikkinchi jinoiy ish tarkibi unchalik og‘ir bo‘lmagani uchun, Navalniyning saylovlarda nomzodini qo‘yishga to‘siq bo‘la olmaydi. 

Avvalroq, Rossiya Oliy sudi Aleksey Navalniyning «Kirovles» davlat korxonasi mol-mulkini talon-taroj qilganligiga oid ishni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror chiqargan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid