Jamiyat | 15:05 / 16.11.2016
3809
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda avtobus 500 metr chuqurlikdagi jarga quladi

Xitoy janubidagi Yunan viloyati hududida harakatlangan mikroavtobus 500 metr chuqurlikdagi jarlikka quladi. "Sinxua" agentligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan.

Voqea Chjaotun shahar okrugining Yunshan uyezdi hududida ro‘y bergan. Xabar qilinishicha, mikroavtobus 8 kishiga mo‘ljallangandi va me'yoridan ortiq odam olgandi.

Ayni vaqtda mikroavtobusda avariyadan oldin necha kishi bo‘lgani o‘rganilmoqda. Qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid