2 yil yerto‘lada saqlangan 25 kg vaznli o‘smir shifoxonaga yotqizildi

Foto: © AP
Vazni 25 kg bo‘lgan 14 yoshli o‘smir 2 yil Alabamadagi uyining yerto‘lasida yashaganidan so‘ng shifoxonada hayot uchun kurashmoqda. Bu haqida mahalliy hukumat vakillarining so‘zlariga asoslanib, The Associated Press nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘smirning ahvoli og‘ir. Sud majlisi protokollariga ko‘ra, uning o‘gay ota-onasi Richard va Sintiya Kelliga bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik ayblovi qo‘yilgan.
Tergov yakshanba kuni boshlandi, o‘sha kuni Helena politsiyasi shifoxonaga tushgan bola haqida ma'lumot olgan. Politsiya boshlig‘i Pit Folmarning so‘zlariga ko‘ra, o‘smir shifoxonaga olib kelinganida och-nahor, suvsizlangan va favqulodda og‘ir ahvolda bo‘lgan.
"Ishonchimiz komilki, u uzoq vaqt izolyatsiyada saqlangan", - dedi Folmar.
Nashrga o‘z nomini oshkor qilmagan qo‘shnisining aytishicha, u tomorqada o‘t o‘rayotgan bolani ko‘rgan va uning "juda kichik"ligiga e'tibor qaratgan.
"Bu vaqtda otasi shunchaki unga qarab o‘tirgandi", - dedi ayol.
Politsiyaga ma'lum bo‘lishicha, uyda yana 19 va 21 yoshli yigitlar ham bo‘lgan. Ulardan biri o‘smirning qarindoshi bo‘lgan, boshqasi esa - uning do‘sti.
Mahalliy hukumat vakillarining ta'kidlashicha, 14 yoshli o‘smir va uning akasi go‘yoki uy ta'limida bo‘lishgan va hech bir davlat maktabida o‘qishmagan.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, juftlik (o‘gay ota-ona) bolani o‘z vaqtida yegulik va tibbiy yordam bilan ta'minlamagan. Bolaning to‘yib ovqat yemaganligi va shok holatida bo‘lganligi shundoqqina ko‘rinib turardi.
Folmarning so‘zlariga ko‘ra, bu u ko‘rganlari orasidagi eng og‘ir vaziyat. "Politsiya bo‘limidagi aksariyat xodimlar kabi men ham otaman va unga qarashga o‘zimda bazo‘r kuch topdim", - deydi u.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
O‘zbekiston | 10:24
-
Korrupsiya xavfini aniqlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi
O‘zbekiston | 10:20
-
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi
Jahon | 10:18
-
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 10:12
Mavzuga oid

18:39 / 27.03.2025
Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti

14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi

17:23 / 11.03.2025
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39 / 11.03.2025