AQSh Kongressiga saylov tizimini o‘zgartirish taklifi berildi
Kaliforniyalik senator Barbara Bokser AQSh kongressiga mamlakat prezidentligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlarni joriy etish bo‘yicha taklif kiritdi. Bu haqda Fox News xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtdagi ovoz berishlar bevosita bo‘lmagan saylov tizimi «eskirgan va demokratik emas».
Telekanalda qayd etilishicha, bu tashabbus asosiy tarkibi respublikachilardan iborat bo‘lgan kongress tomonidan rad etilishi tayin.
Bundan oldinroq, AQShdagi saylovda Demokratik partiya nomzodi sifatida ishtirok etgan Hillari Klinton Donald Trampni 1 mln ovoz bilan ortda qoldirgani, lekin mavjud saylash tizimi tufayli, ya'ni saylov hay'ati a'zolarining tanlovi tufayli mag‘lub bo‘lgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Amerika saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylovchilar u yoki bu nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi Saylovchilar hay'ati a'zolari uchun ovoz berishadi. Ular keyinchalik o‘z nomzodlarini prezidentlikka saylashadi.
Mavzuga oid
20:12 / 05.06.2024
Kongressmenning 6 yashar o‘g‘li otasining nutqini unutilmas qildi
16:52 / 15.12.2023
OAV: Oq uy kongressmenlarni ta’tilga chiqmaslikka chaqirdi
01:00 / 26.10.2023
Respublikachi Mayk Jonson AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri bo‘ldi
01:08 / 21.10.2023