MINI kompaniyasi BMW’ning turbirlangan dizel dvigateli bilan jihozlangan yangi poyga yöltanlamasini taqdim etdi. Maşina navbatdagi "Dakar" va 2017 yilda boşqa ralli-reydlarda iştirok etadi.
Taşqi körinişi Countryman krossoverini eslatuvi maşina MINI’ning avtosport böyiça hamkori X-raid jamoasi yordamida qurildi. Uning yaratuvçilari maşinani mutlaq yangi avtomobil deb atamoqdalar.

Avtomobil ikkita turbinali uç litrli, 340 ot kuçiga ega agregat yordamida yuradi. Biroq keyingi mavsumga muhandislar dvigatelni boşqarişning yaxşilangan tizimini tayyorladilar. U yonilği sarfini kamaytirişi va motorning işini katta tezlikda harakatlanişda optimallaştirişi lozim.
"Jangovar Mini" old va orqa bloklaydigan dvifferentsial, Akrapovic çiqariş tizimi va har bir ğildirak uçun ikkita sozlanuvçi amortizatorlar bilan jihozlangan. Bundan taşqari, 320 mm li diskli 6 porşenli tormoz mexanizmlari qöllangan.
2017 yilgi MINI JCW Rally poyga maşinasi tubida ikkita gidravlik kötargiç va pol tagidagi maxsus joylarda saqlanadigan uçta zaxira ğildiragi bilan jihozlangan.
Yangi maşina keyingi yilda "Dakar"dan taşqari, "Ipak yöli" ralli-reydida iştirok etadi.

























