Buyuk Britaniyadagi British Motor Heritage kompaniyasi birinçi avlod MINI avtomobillari uçun yangi kuzovlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Işlab çiqariş aprel oyidan boşlanadi.
Dastlab 15 dona kuzov işlab çiqiladi. Uning har biri 9950 funt sterling (12,5 AQŞ dollariga yaqin) turadi. Buyurtmalar 25 foizlik tölov amalga oşirilgaç, yasaladi.
Xabarlarga köra, birinçi MINI avtomobillarining oldi qismi tagida, qanotlarining içki tomonida hamda orqa podramnikda zanglaş köproq kuzatiladi. Bundan taşqari, modelning kuzovi keyingi avlod namunalaridan sezilarli farqlanadi.
1975 yilda asos solingan British Motor Heritage kompaniyasi özi taşkil etilgan vaqtdan beri klassik Britaniya avtomobillari uçun 6 mingga yaqin kuzov işlab çiqdi. Kompaniya nafaqat MINI uçun, balki MG, Triumph va Austin Healey modellariga ham kuzovlar işlab çiqaradi.



















