2014–16 yillarda «Zenit» klubini boşqargan portugaliyalik futbol murabbiyi Andre Villaş-Boaş özi uçun debyut hisoblangan «Dakar» rallisining yöltanlamaslar klassida 46-örinni egalladi, deb yozadi RBK-Sport.

«Dakar» ralli-marafonining 40-yubiley poygasi Peru poytaxti Limada start olgan. Eng nufuzli poyga hisoblanuvçi yöltanlamaslar klassining birinçi bosqiçida qatarlik Nosir al-Attiyya poygani ilgari ikki marta yutgan özining maşhur Toyota’sida birinçi örinni qölga kiritgan.

Odil Ahmedov töp surayotgan «Şanghay SIPG» futbol klubining sobiq murabbiyi Andre Villaş-Boaş özining «Dakar»dagi debyut poygasida 46-pozitsiyadan start olgan. 40 yoşli futbol mutaxassisi poygada iştirok etişini noyabr oyida e'lon qilgan edi. «Unutilmas lahzalar», — deya «Dakar»dagi öz debyutini Instagram’da izohlagan Villaş-Boaş.

 

A post shared by André Villas-Boas (@avbdakar) on