AQŞ prezidenti Barak Obama Germaniya kansleri Angela Merkel bilan hammualliflikda maqola çiqardi. U WirtschaftsWoche jurnalida çop etilgan.
Siyosatçilarning unda ta'kidlaşlariça, endilikda, «globallaşuvgaça bölgan dunyo»ga qaytişning imkoni yöq. Merkel va Obamaning fikriça, nemislar va amerikaliklar «ikki mamlakat qadriyatlari va ğoyalariga mos keluvçi globallaşuv»ni barpo etişga urinişlari lozim.
AQŞ va Germaniya yetakçilari mamlakatlar örtasidagi özaro hamkorlik darajasini, Donald Tramp ğalabasidan keyin ham saqlab qoliş muhimligini qayd etişgan.
Merkel va Obama öz mamlakatlarining, dunyoning barça davlatlari bilan birga global isişga qarşi kuraşni nazarda tutuvçi Parij iqlim kelişuvi şakllanişidagi tutgan örnini e'tirof etişgan.
«Biz birga işlaganimizda, kuçliroqmiz. Global iqtisodiyot har qaçongidan ham tezroq rivojlanayotgan bugungi kunda, ... bu hamkorlik yanada muhimdir», — deyiladi siyosatçilarning qöşma maqolasida.

















