Turkiya Rossiya bilan uning uzoq va örta masofalarga uçuvçi S-400 zenit-raketa tizimlarini xarid qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda, deya ma'lum qilgan mudofa vaziri Fikri Işik. 

Avvalroq, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin, rasmiy Anqara va Moskva Turkiyaning milliy raketalarga qarşi mudofaa tizimini barpo etiş böyiça loyihasini muhokama etayotganini bildirgan edi. 

"RQM tizimlari borasidagi işlar davom ettirilmoqda. Biz nafaqat S-400 majmualarini xarid qiliş böyiça Rossiya bilan, balki şunga öxşaş töplamlari bor boşqa davlat bilan ham muzokaralar olib bormoqdamiz. Hozirça, Rossiya bu masalaga ijobiy yondaşmoqda. Umid qilamizki, NATO a'zolari ham bunga jiddiy qaraşadi va bizning tizim alyans talablariga mos keladi. Ammo, biz Rossiyaning taklifini heç qaçon rad etmaymiz, balki maqsadimiz bu majmualarni özimizda işlab çiqişdir", — degan Işik NTV telekanaliga bergan intervyusida. 

S-400 — uzoq va örta masofalarga uça oladigan zenit-raketa tizimi bölib, 2007 yilda armiya safiga qabul qilingan. Majmualar barça turdagi zamonaviy va istiqboldagi havo-kosmik hujumini qaytarişga möljallangan.