Yaponiya imperatori Akixitoning 10 yoşli nabirasi şahzoda Xisaxito yöl-transport hodisasi qurbonlari yod olinadigan kunda yöl-transport hodisasiga uçradi. Yahoo! Japan naşri xabar berişiça, u onasi malika Kiko bilan ketayotganida falokatga yöliqqan.

Avtohalokat Kanagava prefekturasining Sagamixara şahrida röy bergan.

Yaponiya imperator oilasi xonadoni vakillarini olib ketayotgan  avtomobil oldinda ketayotgan maşinaga borib urilgan, biroq bunda aynan kim aybdor ekani hozirça ma'lum emas.

Imperator saroyi boşqarmasining bildirişiça, imperator oilasi vakillari jabrlanmagan.

Hodisa böyiça tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uçun, malika Kiko imperator Akixitoning kiçik öğli şahzoda Akisinoning turmuş örtoği böladi.