Blannco Technology Group tahlil guruhi smartfon va planşetlarning xizmat körsatişiga doir tadqiqotlar natijasi böyiça hisobot berdi.

Mutaxassislarning ma'lum qilişlariça, Android-gadjyetlarga nisbatan, iPhone qurilmalarda muammolar köp bölar ekan. Quyida aksilreyting yetakçilari bilan tanişing:

Mutaxassislar dasturiy ta'minotdagi uzilişlar, masalan, kutilmaganda qotib qolişi yoki ilovalarning besabab yopilişi, şuningdek qurilmadagi nosozliklar - signalning yöqolişi, kuçli qizib ketişi va boşqalarni  hisobga olişdi. 2016 yilning III çorak yakunlariga köra, ular iOS- va Android-gadjyetlarda yuzaga keladigan muammolarni taqqoslaşdi. 

Apple mahsulotlarining 62 foizida uzilişlar aniqlangan, Android-gadjyetlarda esa bu körsatkiç 47 foizni taşkil qilgan. iOS-qurilmalar orasida eng köp muammolar iPhone 6'da kuzatilgan, aksilreytingning ikkinçi va uçinçi örinlarini iPhone 5S hamda iPhone 6S smartfonlari bölişib olişdi. iPhone 7 va 7 Plus keçroq işlab çiqarilgani tufayli reytingga kiritilmadi. iPhone 4S esa eng barqaror qurilmalardan biri bölib çiqdi - bu model bilan boğliq muammolar atigi 2 foizni taşkil qilgan. 

Gadjyetlar orasida eng muammoli qurilma sifatida LeEco Le2 tan olindi. 

Ikkinçi örinda - Xiaomi'ning ikki smartfoni - Redmi 3S va Redmi Note 3 . Samsung Galaxy S7 edge flagmani törtinçi örinda. 

Şuningdek tadqiqotçilar uzilişlar tabiatiga köra va eng muammoli ilovalar reytingini tuzib çiqişdi.