Rossiya va AQŞ  yadroviy qurolning (YaQ) barça turlarini qisqartirişga doir muzokaralarni qayta tiklaşlari kerak. BMT boş kotibi Pan Gi Mun Nyu-York universitetida qurolsizlaniş haqida nutq sözlab, ana şunday fikr bildirdi. Bu haqida TASS agentligi ma'lum qildi.

Joriy yilning oxirida BMTning ma'muriy rahbar lavozimini tark etayotgan Pan Gi Mun global xavfsizlikka "xalqaro munosabatlarni izçil qurolsizlantiriş orqali" erişiş böyiça öz konsepsiyasini taklif qildi. U bu yölda eng asosiysi - "insoniyatga xavf solişda davom etayotgan" yadroviy qurolni bartaraf qiliş ekanligini ta'kidladi. Uning sözlariga köra, yadroviy qurolni taqiqlovçi  konvensiya qabul qilinişi lozim.

"Bu maqsadga erişiş keng qamrovli, interaktiv va konstruktiv yondaşuvlarni talab qiladi. Şu munosabat bilan dunyoning eng yirik yadroviy aslahalarini (taxminan 95 foiz) özida jamlagan Rossiya Federatsiyasi va Qöşma Ştatlar har qanday turdagi yadroviy qurolni qisqartirişga doir muzokaralarni qayta tiklaşlari kerak. Bir vaqtning özida barça davlatlar yadroviy qurolsizlaniş orqali tinçlikka erişiş maqsadini qöllab-quvvatlovçi siyosatni olib borişlari lozim", - deya ta'kidladi BMT boş kotibi. 

Uning sözlariga köra, BMTning qurolsizlanişga oid mexanizmlari bir joyda töxtab qolgan. Pan Gi Mun BMTning Jyenevadagi qurolsizlanişga doir Konferentsiyasini bunga misol sifatida keltirib ötdi - iştirokçilar 20 yildan beri bu borada bir töxtamga kelişmagan.