Odatdagi qalin hamda kursiv shriftdan tashqari, redaktorda tekst hajmini katta va kichiklashtirish, surat va videoga havola qo‘shish imkoni mavjud. Redaktorda yaratilgan barcha postlarni messenjerning yangi “darhol ko‘rish” funksiyasi orqali tomosha qilish mumkin.
Bu funksiya tashqi saytlardagi maqolalarni messenjer ichida ko‘rish imkonini beradi. U hozirda Medium blogxostingi, TechCrunch nashri va boshqa bir qator platformalar bilan ishlay oladi.
Ushbu saytlardagi maqolaning havolasi kelganda prevyu bilan birgalikda Instant View tugmasi paydo bo‘ladi. Uning yordamida maqolani messenjerning ichida brauzerdagi ko‘rinishda o‘qish mumkin.
Kompaniya bergan ma'lumotga ko‘ra, keyinroq ushbu funksiya ishlaydigan saytlar soni oshib boradi, so‘ngra ushbu funksiya barcha saytlar bilan ishlay oladigan ko‘rinishga keltiriladi.
Messenjerning yangi versiyasidagi yana bir o‘zgarish bu o‘rnatilgan taqvim bo‘lib, uning yordamida chatdagi kerakli vaqtga o‘tish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek kompaniyaning ma'lum qilishicha, messenjerning Android versiyasida qator o‘zgarishlar kiritilgan. Yangi versiya ilovaning interfeysidagi o‘zgarishlardan tashqari, kamera bilan ishlashni tezlashtirish va kengaytirilgan xavfsizlik sozlamalarini olib keladi.











