Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beyl «Real»ga o‘tganidan buyon necha marta jarohat olgani ma'lum bo‘ldi
Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl «Tottenhem»dan «Qirollik klubi»ga ko‘chib o‘tganidan buyon tez-tez jarohat olmoqda.
Ispaniyaning EFE nashri bu borada alohida maqola tayyorladi va unda uelslik futbolchining «Real» o‘tganidan keyin necha marta jarohat olgani sanab o‘tildi. Unda tushuntirilishicha, Beyl Madridga ko‘chib kelgan 2013 yildan boshlab 15 marotaba jarohat olgan.
Beyl jamoaga kelib qo‘shilgach, «Real» jami 192 rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan. Futbolchining o‘zi bu uchrashuvlarning 139tasida ishtirok etgan. Bu umumiy o‘yinlar sonining 72,39 foizini tashkil qiladi. Beyl maydonga tushmagan o‘yinlarida asosan jarohatlar bunga sabab bo‘lgan. Eng ko‘p Beyl boldir mushaklaridan jarohat olgan. «Real» jarohatga moyil futbolchi uchun o‘z vaqtida 100 mln. yevro to‘lagandi.
So‘nggi marta Beylning Chempionlar Ligasining«Sporting»ga qarshi uchrashuvida (2:1) boldir mushaklari tortilishi natijasida to‘piq paylari cho‘zildi. Katta ehtimol bilan futbolchi Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026