"Bu muammoni hal etish uchun chekish zararidan keng jamoatchilikni ogohlantirish lozim, - deya matbuot kotibi so‘zlarini keltiradi Sinxua agentligi. – Chekuvchilar ongli bo‘lishi, chekmaydiganlar esa, o‘z huquqlari ta'minlanishi uchun yetarli darajada huquqiy bilimga ega bo‘lishlari talab etiladi".
Mao Tsyunan joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangilik muddatini ma'lum qilmagan. Uning yodga olishicha, Pekinda ruxsat berilmagan joyda chekkan qoidabuzarga 200 yuan (29 dollar) miqdorida jarima solinadi.











