Sport | 09:55 / 24.11.2016
5589
1 daqiqa o‘qiladi

Messi klub safida xalqaro o‘yinlarda 100ta gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi

Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-turi doirasida «Seltik» jamoasiga qarshi kechgan va «Barselona»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yindagi gollar muallifi bo‘lgan Lionel Messi o‘z klubi safida xalqaro musobaqalardagi gollari sonini 100taga yetkazdi. 

Argentinalik futbolchi ushbu gollarning 92tasini YeChLda, 5tasini klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida va 3tasini Yevropa Superkubogida urishga muvaffaq bo‘lgan (jami 119ta o‘yin).

Bu borada ikkinchi o‘rinda — «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu. U «Sporting», «Manchester Yunayted» va «Real» safidagi xalqaro musobaqalarda 99ta gol muallifi bo‘lgan: YeChLda — 96ta, klublar o‘rtasidagi JChda  — 1ta, Yevropa Superkubogida — 2ta. Bu natija uchun u 141ta o‘yinda maydonga tushgan.

Mavzuga oid