Minsklik avtomobil egasi jiddiy muammoga duç keldi - noma'lum inson muntazam ravişda uning avtomobilini tirnab, ziyon yetkazib kelgan. Yarim yil içida kuzov taxminan 20 marta tirnab ketilgan. Maşina egasining sözlariga köra, u avtomobilini doim heç kimga halaqit bermay, öz joyiga joylaştirgan.
Jabrlanuvçi videozkuzatuv tasvirlarini militsiyaga olib borgan, biroq u yerda maşinaga ziyon yetkazuvçining şaxsini aniqlay olişmagan. Şunda avtomobil egasi xat orqali "zöravon" bilan aloqa örnatişga harakat qilgan. Biroq bu ham yordam bermagan.

Şunda maşina egasi aybdorni şaxsan topişga kirişgan. Belarus qonunçiligi fuqaroga jinoyatçini şaxsan tutib, huquq-tartibot organlariga keltiriş huquqini beradi. Minsklik kişi bir oy davomida öz avtomobilida uxladi va oxir-oqibat jinoyatçini tutişga muvaffaq böldi. Bu öz harakatlariga izoh topa olmagan keksa yoşli ayol bölib çiqdi.

Ayol faqat qölgan tuşgan kundagi aybini tan oldi va şu kun uçun hisoblaşişni taklif qildi. Avtomobil egasini bunday taklif qoniqtirmadi va u militsiyaga murojaat qildi. U yetkazilgan ma'naviy va moddiy zararni qoplaşni talab qilib, sudga murojaat qilmoqçi.












