Apple kompaniyasi LG Innotek bilan hamkorlikda iPhone 8 uçun yangi kamerani işlab çiqmoqda. U keng qamrovli 3D-fotosuratlarini olişi mumkin, xabar bermoqda 9to5mac.

“Apple ayni damda LG Innotek’ning juft modulida 3D-kamerasi texnologiyasini qöllaş haqida boş qotirmoqda. LG Innotek’da 3D-kameralar va boşqa tegişli texnologiyalar böyiça işlanmalar mavjud. Har ikki kompaniyaning özaro hamkorligi joriy yildayoq yaxşi natijaga olib kelişi mumkin”, - ta'kidlab ötdi vaziyat bilan taniş manba.

Gap iPhone 8’da kelasi yili paydo bölişi mumkin bölgan ikkita asosiy kamera haqida ketmoqda. Apple 2015 yilda Isroilning LinX Computational Imaging startapini xarid qilgan. U mobil uskunalaridagi kameralarga ixtisoslaşgan bölib, kelişuv 20 million dollarga tuşdi. Kompaniya 2011 yildan beri işlab kelgan texnologiya esa fotosuratlarga çuqurlik berib, rangli tasvirni uç darajaga bölib taşlaşi mumkin.