Janubiy Koreya ta'lim vazirligi 25 noyabr, juma kuni maktablardagi tarix darsliklariga kiritilgan rasmiy özgartirişlar haqida ma'lum qildi. Bu haqida Ryonxap agentligi xabar berdi. 

Manbaga köra, "töğirlaş" kiritilgan dasrliklar kelasi haftada foydalanişga topşiriladi. 

Xususan, Koreyaning yapon mustamlakasidan ozod qilingan kuni - 1945 yilning 15 avgusti yangi öquv dasrliklarida "Koreya Respublikasiga asos solingan kun", deb ataladi. 

Seul hukumatiga köra, KXDRga tegişli barça ma'lumotlar tanqidiy nuqtai nazardan bayon qilinişi kerak. 

Darsliklarda Koreya Respublikasining ilk ayol prezidenti - Pak Kin Xe (sobiq diktator Pak Çon Xining qizi) rahbarligi ostidagi hozirgi ma'muriyat haqidagi ma'lumotlar çeklangan böladi.