«Fukusima-1» AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etiş va jabrlanganlarga tovon puli tölaş uçun ketadigan xarajatlar 20 trillion iyenadan (180 milliard dollar) ortiq. Bu haqda Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligiga asoslangan holda Nikkey gazetasi ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, 2013 yilda Yaponiya hukumati bu boradagi xarajatlarni 11 trln iyenaga baholagandi. Xarajatlar ösişi Yaponiya hukumati tomonidan tovon puli olişi kerak bölgan kompaniyalar röyxati kengaytirilgani bilan boğliq.

Fojia oqibatida jabrlanganlar, jumladan, zararlangan hududlarni tark etişga majbur bölgan tadbirkorlar, sayyohlik kompaniyalariga tölanadigan tovon pulining umumiy qiymati 8 trillion iyenaga (72 milliard dollar) yetadi. Uşbu summaga fojiadan söng tölab berilgan mablağlar ham kiradi.

Şuningdek, mablağlar AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etişga sarflanişi rejalaştirilgan. 

Xarajatlarning bir qismini «Fukusima-1» AESning operatori — Tokyo Electric Power energetika kompaniyasi qoplab berişga majbur. Buning uçun unga 9 trillion iyena (81 milliard dollar) miqdoridagi foizsiz kredit ajratilişi mumkin.