Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirişganidan beri AQŞning budjet xarajatlari ötgan yilning mos davriga nisbatan 154 milliard dollarga oşdi. Bu haqda Moliya vazirligining kunlik hisobotlarini tahlil qilgan The Wall Street Journal xabar berdi.
Qayd etilişiça, ijtimoiy ta’minot dasturlariga xarajatlar 32,7 milliard dollarga, Medicare va Medicaid soğliqni saqlaş dasturlariga esa ajratiladigan mablağlar 29 milliard dollarga oşgan. Bundan taşqari, davlat qarzi böyiça tölovlar 25,5 milliard dollarga köpaygan. Federal xizmatçilar iş haqiga esa Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) talabi bilan xodimlar soni sezilarli qisqartirilganiga qaramay, 2,8 milliard dollarga köproq mablağ sarflangan.
Haqiqiy xarajat qisqarişi faqat ayrim yönalişlarda kuzatilgan. Masalan, Transport xavfsizligi boşqarmasi yangi formalar xarididan voz keçiş, safarlar va öquv xarajatlarini kamaytiriş hisobiga 22 million dollarga kamroq mablağ sarflagan. Ta’lim vazirligi xarajatlari 4 milliard dollarga qisqartirilgan. AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) dasturlari deyarli töliq yopilgan, bu 2024 yil boşiga nisbatan xarajatlarni ikki baravarga kamaytirgan. Biroq keyinçalik bu dasturlar qayta tiklana boşladi va xarajatlar deyarli 2024 yil darajasiga qaytgan.
Federal budjet xarajatlari Ilon Mask hamda u rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti faoliyatiga qaramay oşib bormoqda. Mask va Tramp DOGE «byurokratiyani yöq qilişi»ni va’da qilgan. Uşbu departament Amerika hukumati faoliyatining samardorligini oşirişi va bir yarim yildan keyin tugatilişi kerak.

















