Texnologiya | 09:30 / 27.11.2016
7997
1 daqiqa o‘qiladi

Google Maps sababli Tramp minorasi "chiqindixona"ga aylandi

Foto: © screenshot via Google Maps

AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Trampga tegishli, Manxettenda joylashgan "Tramp minorasi" (Trump Tower) Google Maps xarita xizmati sababli "Chiqindixona minorasi"ga (Dump Tower) aylandi. Bunga The Hill nashri e'tibor qaratdi.

Qidiruv natijalaridagi bu xato ma'lumotlar tezda bartaraf etilgan bo‘lsa-da, biroq ko‘pchilik foydalanuvchilar xaritalardan olingan skrinshotlarni ijtimoiy tarmoqlarda chop etdilar. Trampning o‘zi hozircha bu xabarga hech qanday izoh bermagan. 

Donald Tramp, Google Maps, Trump Tower

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid