Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahar saylovçilari bilan uçraşuvida şaharda jamoat transportidan foydalaniş masalasi bugungi kunda dolzarb bölib qolayotganiga töxtalib ötdi.

Uning fikriça, bu borada avtobus, metro va boşqa turdagi jamoat transportlarining faoliyatini kengaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

«Şundan kelib çiqqan holda, kelgusi 5 yilda umumiy qiymati qariyb 390 milliard söm bölgan 4ta loyihani amalga oşiriş közda tutilmoqda. Şaharda serqatnov, tirband hududlar böyiça 80ta yangi avtobus yönalişi taşkil etiladi. Har yili katta va örta siğimdagi 100ta avtobus xarid qilinadi. Bu maqsadlarga mahalliy byudjyet hisobidan 335 milliard söm mablağ yönaltiriladi»,  – degan Şavkat Mirziyoyev.

Ma'lumot uçun, ayni vaqtda Toşkentda 145ta avtobus yönalişi mavjud bölib, poytaxt avtoparkida 671ta Mercedes va 761ta Isuzu markali avtobus bor.