Yangi Zelandiyadagi zilzila sababli okean tubining bir qismi quruqlikka aylanib qoldi. Ba'zi joylarda sohil çiziği 5,5 metrga kötarilgan, deb xabar bermoqda nat-geo.ru.
Yangi Zelandiyadagi zilzilalar 13 noyabrda boşlanib, bir kun davom etgan va katta hududni qamrab olgan. Zilzila markazi Kraystçerç şahridan şimoli-şarqiy tomonda bölgan, 7, 8 magnitudali eng kuçli zilzila esa 180 km uzoqlikda, Kaikour şahrida qayd qilingan.
Zilzila oqibatlaridan biri Kaikour yaqinidagi tektonik plitalarning jiddiy surilişi böldi: okean tubining katta qismi quruqlikka aylanib, Papatea körfazining bir qismini okeandan ajratib qöydi. Örta miqdorda sohil çiziği 2 metrga kötarilgan, biroq ba'zi joylar 5 metr balandlikka yetadi, çunki plita vertikal emas, balki burçak ostida kötarilgan. Birdan quruqlikka aylangan okean tubida suv ötlari, ölgan baliqlar va krablar qolgan.
Kraystçerç hududidagi avvalgi zilzila Yangi Zelandiyaning butun tarixidagi eng kuçlilaridan biri hisoblanadi: öşanda 185 kişi halok bölgandi. Joriy zilzilalar esa undan ham kuçli böldi, biroq zilzila markazi kimsasiz joyda bölgani sababli qurbonlar soni ança kam bölgan. Ma'lum qilinişiça, zilzila oqibatida 2 kişi halok bölgan va bir neça ön kişi jarohat olgan.

















