OAV: Yaponiya RQMning yangi Patriot tizimlari uchun 2 mlrd dollarga yaqin mablag‘ ajratmoqchi
Yaponiya hukumati joriy yilda "yer-havo" tasnifidagi modernizatsiya qilingan Patriot —3 (PAC-3) raketa majmualarini xarid qilishga qo‘shimcha ravishda 188 mlrd iyen (1,7 mlrd AQSh dollari) sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Japan News gazeasi o‘z manbalariga asoslangan holda yozmoqda.
Raketalarga qarshi mudofaa tizimlarining yangi majmualarini xarid qilishga KXDR tomonidan mavjud tahdidlar sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Shimoliy Koreya o‘z yadro salohiyatini kuchaytirib, AQShdan himoyalanish bahonasida ballistik raketalarini kuchaytirish ustida ish olib borayapti. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Yaponiyada joylashtirilgan PAC-3 raketalari parvoz radiusi 15-20 kilometrni tashkil etadi. Modernizatsiya qilingan tizimlar esa bu masofani ikki barobar uzaytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, 7 milliard iyen (62,5 million dollar) Aegis (Ijis) raketa hujumlaridan ogohlantirish tizimlariga ega bo‘lgan harbiy kemalarni ham takomillashtirish uchun sarflanadi.
Avval xabar qilinganidek, Yaponiya hukumati 2017 moliya yili uchun mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy byudjyetni tayyorlagan. Unda, xususan, KXDR ballistik raketalariga qarshi mudofaani kuchaytirish va Sharqiy-Xitoy dengizida Xitoyga qarshi turish uchun suvosti kemasini barpo etish ko‘zda tutilgan.
Shunga ko‘ra, 2017 yilga Yaponiya mudofaa byudjyeti uchun joriy yildagidan 2,3 foiz ko‘proq mablag‘ talab etiladi va u 5 trillion 160 milliard iyenni (51 milliard 600 million dollar) tashkil etadi. Shu bilan birga, byudjyet loyihasiga binoan, Yaponiya ilk marotaba Amerikaning SM-3 Block IIA boshqariluvchi zenit raketalarini ham xarid qiladi. Bu raketalar ming kilometr balandlikkacha parvoz qila oladi. Ular Aegis tizimlariga ega harbiy kemalarga joylanadi.
Umuman, Yaponiya mudofaa salohiyatini oshirishning 2018 yilgacha bo‘lgan o‘rtamuddatli rejaga ko‘ra, harbiy maqsadlardagi xarajatlar yiliga 0,8 foizga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:17 / 23.11.2024
Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024