Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahar saylovçilari bilan uçraşuvda Toşkent şahrida amalga oşirilajak loyihalar haqida gapirdi. Nomzodning uçraşuvdagi nutqi töliq holda «Toşkent oqşomi» gazetasida çop etilgan.
Uning ma'lum qilişiça, Toşkent şahrida 4ta köp qavatli avtoturargohlarni quriş işlari boşlab yuborilgan.
Nomzodning aytişiça, yengil avtomobil haydovçilariga qulaylik yaratiş maqsadida şaharning Mirzo Uluğbek, Sergeli va Yaşnobod tumanlarida 4ta köp qavatli avtoturargohlarni quriş işlari boşlab yuborildi. Şunday garajlarni barpo etiş maqsadida kelgusi 5 yilda yana 84ta loyiha amalga oşiriladi.
Sergeli tumanining "Sergeli-6" mavzesida joylaşgan 400ta avtomobilga möljallangan köp qavatli avtoturargoh qurilişiga jami 7,5 milliard söm mablağ sarflanib, u 2017 yilda işga tuşiriladi.
Şuningdek, avtobus, metro va boşqa turdagi jamoat transportlarining faoliyatini kengaytiriş borasida ham muhim işlar amalga oşiriladi.
«Kelgusi 5 yilda umumiy qiymati qariyb 390 milliard söm bölgan 4ta loyihani amalga oşiriş közda tutilmoqda. Şaharda serqatnov, tirband hududlar böyiça 80ta yangi avtobus yönalişi taşkil etiladi. Har yili katta va örta siğimdagi 100ta avtobus xarid qilinadi. Bu maqsadlarga mahalliy byudjyet hisobidan 335 milliard söm mablağ yönaltiriladi», – degan Şavkat Mirziyoyev.

















