Yanukovich: Ukrainadagi urushni hozirgi rahbariyat boshlagan

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich sudda ishtirok etib, "Yevramaydan" kunlaridagi Ukrainadagi ixtilofni bugun hokimiyat yuqorisida o‘tirganlar boshlaganini aytdi.
Yanukovich 2013-2014 yillar qishidagi voqealarni tahlil qilib, aynan "yevromaydan" yetakchilari, jumladan hozirgi bosh prokuror Yuriy Lutsenko tomonidan birinchi marta qo‘llarga qurollarni olishga chorlov yangraganini aytdi. "Qurolli qarshilik ko‘rsatish, prezident qarorgohiga borish chaqiriqlarini Lutsenko va "maydan"ning boshqa rahbarlari o‘z nutqlarida aytgan", deb aytmoqda Yanukovich.
Yanukovichning aytishicha, aynan shu chaqiriqlar o‘sha kunlarda hukumat va muxolifat vakillari bilan imzolangan va "vaziyatdan tinch chiqish imoniyatini berishi mumkin bo‘lgan" kelishuvni amalga oshirishga halaqit bergan.
"Afsuski, shunday bo‘ldiki, bu radikallar 21 fevraldan 22 fevralga o‘tar kechasi davlat muassasalarini, keyin esa prezident qarorgohini qo‘lga oldilar va Kiyevdagi vaziyatdan norozi bo‘layotgan sharq va janubdagi aholini bostirishga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Bu esa bu hududlarda odamlarning o‘zlari va oilalarini himoya qilish imkoniyatini qidira boshlashlariga olib keldi. Shu tariqa urush boshlandi. Ukrainadagi urushni hozirgi hokimiyat boshlagan", deb aytdi Yanukovich.
Yanukovich "maydan"da qurbonlar paydo bo‘lishidan kim manfaatdor bo‘lgani haqidagi savolga qon to‘kilishlarga javobgarlikni o‘sha kunlardagi qarshilik tashkilotchilariga yukladi. "Familiyalarni sud ma'lum qilishi kerak, agar u qachondir bo‘lsa. Biroq siyosiy javobgarlik "maydan"ning barcha yetakchilari zimmasidadir. Bu "maydan" yetakchilariga nafli bo‘lgan, ular keyin kuch bilan hokimiyatni egallab olganlar", deb ta'kidlab o‘tdi sobiq prezident.
Yanukovich vaziyatning bunday tus olishidan u va uning jamoasi manfaatdor bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tdi hamda qurbonlar oilalariga murojaat qildi: "Men sizlardan kechirim so‘rayman, men bu fojia bo‘lmasligi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilganimni tushunishingizni so‘ramoqchiman", deb o‘z so‘zlarini yakunladi Yanukovich.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarixni qayta yozayotgan Tramp va Hindiston–Pokiston havo janglari - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 15:27
-
Rossiya va Germaniya siyosatchilari Bokuda maxfiy tarzda uchrashgan
Jahon | 15:17
-
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:16
-
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida
Jahon | 14:43
Mavzuga oid

13:01
YeI Ukraina qurollari uchun Rossiya daromadlaridan 1 mlrd yevro ajratadi

12:01
Germaniya Kiyevga beriladigan qurol-yarog‘ haqidagi ma’lumotlarni qisqartiradi

11:17
Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi

10:17