Boliviya prezidenti Evo Morales Kubaning sobiq yetakchisi Fidelya Kastroning vafoti munosabati bilan yetti kunlik motam e'lon qildi.

Tegishli qarorga ko‘ra, bir hafta davomida Boliviyada va uning diplomatik missiyalarida davlat bayroqlari motam tasmalari bilan ko‘tarib qo‘yiladi.

Telesur kanalining ta'kidlashicha, bunda mamlakatda avval rejalashtirilgan ommaviy va xususiy tadbirlar bekor qilinmaydi.

Kastroning vafoti munosabati bilan avvalroq Kuba, Urugvay, Venesuela, Jazoir va Nikaraguada ham motam e'lon qilingandi.

Kastroning dafn marosimi 4 dekabrda bo‘lib o‘tadi.