Isroil hukumati deyarli bir hafta davomida mamlakat böylab davom etgan yonğinga qarşi xalqaro kuraş yakunlanganini e'lon qildi. Isroil öt öçiruvçilari 29 noyabrdan odatdagi tartib böyiça işlarini boşlaydi. Kunning ikkinçi yarmida öt balosiga qarşi kuraşda yordam bergan önta mamlakat öt öçiruvçilariga taşakkur bildiriş marosimi bölib ötişi rejalaştirilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi. 

Hukumat ma'lumotlariga köra, yonğin qurğoqçilik va kuçli şamol tufayli avj olgan. 18-26 noyabr kunlari davomida jami 1 ming 773ta alanga öçoği aniqlangan, şundan 39tasi yirik bölgan. Bunda, Hayfa şahri şimoli ofatdan eng köp talofat yetgan hudud bölgani aytilmoqda. Bu yerda, ön minglab kişilar köçirilgan. 

Kuniga yonğinga qarşi kuraşga örtaça 900 nafar öt öçiruvçi jalb etilgan. 24 noyabr kuni esa ularning soni 1 ming 616 kişiga yetgan. Bunga qöşimça ravişda armiyaning 450 nafar zaxiradagi askarlari ham safarbar etilgan. 

Amaliyotda Isroilning 14ta öç öçiriş samolyoti va 6ta vertolyoti qatnaşgan, sönggi 5 kun mobaynida 10ta davlatdan kelgan 19ta samolyot kömak bergan. 6 yil avvalgidan farqli ravişda, bu safar qurbonlar bölmagan, 126 kişiga tibbiy yordam körsatilgan.