Hukumatning yagona interaktiv portalida Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatining ustuvor yönalişlari töğrisida"gi qaror loyihasi taqdim etildi. 

Valyuta siyosatini liberallaştiriş va mukammallaştiriş, içki valyuta bozorining taraqqiyoti va uning samaradorligini oşiriş, sub'yektlarning taşqi iqtisodiy faoliyati uçun şaroitlarni yaxşilaş maqsadida:

1. Valyuta siyosati liberallaşuvining ustuvor yönalişlarini belgilaş:

- barça davlat organlarining boşqariş usulini nazorat-çeklov yondaşuvdan muhofaza-rağbatlantiruvçi yondaşuvga özgartiriş;

- respublika eksport salohiyatini rağbatlantiriş, içki va taşqi bozorlarda mahalliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşiriş;

- valyuta operatsiyalarini ötkaziş davomida taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilarining barçasiga teng şaroitlar yaratiş;

- milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini faqatgina bozor mexanizmlarini qöllab belgilaş;

- Özbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligiga salbiy ta'sir körsatuvçi qonunçilik normalarini belgilaşga yöl qöymaslik;

2. 2017 yilning ....dan quyidagilarga muvofiq tartib örnatiş: 

- Özbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovar va xizmatlar bahosi, şuningdek ustav kapital uçun minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanişi lozim;

- Özbekiston Respublikasi hududida tovar va xizmatlar uçun tölovlarni xorijiy valyutada amalga oşiriş mutlaqo taqiqlanadi, tölov kartalari orqali amalga oşiriladigan tölovlar bundan mustasno;

- davlat boj tölovlari, yiğimlar va boşqa majburiy tölovlar Özbekiston hududida faqat milliy valyutada qabul qilinadi, erkin bojxona hududida undiriladigan boj tölovlari bundan mustasno. 

3. Yuridik huquqlarni töliq amalga oşiriş va jismoniy şaxslarning öz mablağlarini özlari erkin boşqarişlarini ta'minlaş maqsadida belgilansin:

- aksionerlar qarori asosida jismoniy şaxslar hisobida valyuta daromadlari va vositalari bölgan taqdirda, foyda, dividend va boşqa daromadlar tölovini xorijiy valyutada amalga oşiriş mumkin;