Jahon | 16:46 / 30.11.2016
22118
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Erdo‘g‘andan izoh kutmoqda

Kremldagilar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Suriya rahbari Bashar Asadni hokimiyatdan ketkazish haqida bergan bayonotidan hayron bo‘lishdi. Rossiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, bu Kreml uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan

«Bu biz uchun chindan mutlaqo yangi gap bo‘ldi. Bu juda jiddiy bayonot. Bu bayonot ilgarigi bayonotlarga va bugungi vaziyatni bizning nuqtai nazarimiz bo‘yicha baholashga ham zid. Suriya Arab respublikasi hududida qonuniy asos bilan bo‘lib turgan yagona davlat bu Rossiya. Buni yodda tutish juda muhim», — deya Peskovning so‘zlarini keltirgan RIA «Novosti».

Kreml vakili Erdo‘g‘anning so‘zlari Rossiya va Turkiya munosabatlariga ta'sir ko‘rsatishi ehtimoli haqida gapirishga erta ekanini aytib o‘tgan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu so‘zlarga yaqin vaqtlar ichida izoh berilishiga umid qiladi.

29 noyabr kuni Erdo‘g‘an turk armiyasi Suriyaga Asad rejimini ag‘darish uchun bostirib kirgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid